Uy-joylar qurilishi ko‘lami kengaytiriladi
03.11.2021, 18:31

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “bizning eng oliy maqsadimiz –odamlarimizni rozi qilish” deya takror va takror ta’kidlab kelmoqda. Xalqona va samimiy aytilgan bu so‘z mamlakat ijtimoiy siyosatini belgilab beryapti. Xususan, aholining talab-ehtiyojlari hisobga olingan holda respublikamizning barcha hududlarida keyingi yillarda ipoteka dasturlari doirasida 140 mingdan ortiq xonadonli uy-joylar barpo etildi. Bu undan oldingi yillarga qaraganda 10 martadan ham ko‘p. E’tiborlisi, xalqimiz turmush tarzi, orzu-istaklariga hamohang bunday xayrli ishlar izchil davom ettiriladi.
Kecha Prezidentimiz raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida uylar qurilishi ko‘lamini kengaytirish to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritildi.
Majlisda qayd etilganidek, har bir hududda “Yangi O’zbekiston” massivlari barpo etiladi. Kelgusi besh yilda ularda 250 mingdan ziyod oila uy bilan ta’minlanadi.
Yig‘ilishda shu boradagi bunyodkorlik ishlarining tashkiliy, moliyaviy jihatlari muhokama qilindi.
Prezidentimiz “Yangi O’zbekiston” massivlari kompleks rivojlanish tamoyili asosida barpo etilishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, davlatimiz rahbari ehtiyojmand oilalarga ko‘maklashish, boshlang‘ich badal va foizlar bo‘yicha subsidiya berish muhimligini bildirdi.
Ta’kidlash kerakki, uy-joylarni ko‘paytirish, odamlarning bu boradagi ehtiyojlarini to‘la qondirish Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida belgilangan muhim vazifalardan biri. Xalq bilan uchrashuvlarda davlatimiz rahbari inson qadrini ulug‘lash, munosib turmush sharoitlari yaratish asosiy maqsad bo‘lishini aytgan edi. Bularning bosh omili esa, avvalo, uyli bo‘lish, obod va fayzli yashashdir. Xayrli maqsadga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlar yanada kengroq miqyos kasb etayotgani, yangi bosqichda davom ettirilayotgani quvonarlidir.
Alisher Ro‘ziyev,
O’zLiDeP Surxondaryo viloyat
Kengashi apparati rahbari,
viloyat Kengashi deputati
O'xshash yangiliklar
-
G’alla yetishtirishda joriy etilayotgan yangi islohotlar
17.05.2022, 10:21
-
Fermer va klasterlar bug‘doyning haqiqiy egasiga aylanishi g‘allachilik rivoji uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi
13.05.2022, 17:16
-
Samarqandda transport tizimi tubdan yaxshilanadi
05.05.2022, 15:17
-
Har bir insonning baxti iqboli - jamiyat taraqqiyotining garovidir
05.05.2022, 15:14
-
Davlat dasturining belgilangan muddatlarda bajarilishi barcha sohalarning jadal rivojlanishini ta’minlaydi
29.04.2022, 11:00
Fikringizni qoldiring