Yurtimizda “Yangi O’zbekiston” massivlari barpo etiladi

04.11.2021, 11:54

Yurtimizda “Yangi O’zbekiston” massivlari barpo etiladi

Yurtdagi obodlikni  ko‘rib, har bir kishining ko‘zi quvnamoqda. Yuragida shunday go‘zal zamin fuqarosi ekanidan g‘urur hislari uyg‘onmoqda. Men ham deputat sifatida bu yangilanishlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, juda quvonayapman. Kishini g‘urulantiradigan yana bir jihat shundaki, bu yangilanishlar to‘xtab qolayotgani yo‘q, izchil davom etayapti. 2 noyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda yurtimizda “Yangi O’zbekiston” massivlari barpo etilishi haqida aytildi. Buni eshitib, shunday ajoyib tashabbusni amalga oshirishda o‘zimni ham mas’ul ekanimni sezdim.

Binobarin, har bir fuqaro, rahbar yoki deputat bormi, Prezidentimiz tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun astoydil intilishi kerak. Shundagi ish tez ketadi, yurt obod va ko‘rkam bo‘ladi. Videoselektorda davlatimiz rahbari  so‘nggi yillarda yurtimizda ipoteka dasturlari doirasida 140 mingdan ortiq xonadonli uy-joylar barpo etilganini,  bu undan oldingi  yillarga qaraganda 10 martadan ham ko‘pligini lekin hali uyga ehtiyoj ko‘pligini, bu ishlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Ha, haqiqatda uy-joyga ehtiyoj juda yuqori. Chunki mamlakatimizda har yili 300 mingga yaqin nikohlar qayd etilmoqda. Kelgusi besh yilda aholi soni 38 millionga yetishi kutilmoqda. Uylar qurilishi ko‘lami shunga muvofiq kengaytirib boriladi. Har bir hududda barpo etiladigan “Yangi O’zbekiston” massivlari bunda muhim o‘rin tutadi. Kelgusi besh yilda ularda 250 mingdan ziyod oila uy bilan ta’minlanadi.

Ko‘rinib turibdiki, Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda islohotlar ko‘lami tobora avj olayapti. Bu ko‘lam va shiddat bizni Yangi O’zbekiston manzillari sari yetaklamoqda. Zotan, bu manzillar yorug‘ va nurli bo‘lishi uchun har birimiz fidoyilik ko‘rsatishimiz lozim.

Mavluda Ibragimova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.

  • Ko'rildi
    332
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+