Mamlakatimizda daraxt ekish borasida “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi

04.11.2021, 11:56

Mamlakatimizda daraxt ekish borasida “dolzarb 40 kunlik”  e’lon qilindi

Yurtni yashillikka burkashdan ham ortiq ulug‘ ish bormi, dunyoda. Xalqimizda ko‘chat ekkan, bog‘ yaratgan insonlarni qadrlashgani, hurmatini joyiga qo‘yishgani ham bunga aniq misol bo‘la oladi. Binobarin, ekilgan har bir ko‘chat zamirida bozorlarimiz to‘kinchiligi, qurilish materiallari sanoati, yerni erroziyadan saqlash, o‘zimiz nafas olayotgan kislorodni ishlab chiqarish va yurtga chiroy hamda fusunkorlik kasb etishi bilan muhim ahamiyatga ega.

2 noyabrt kuni Prezidentimiz raisliga o‘tkazilgan videoselektorda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi va bu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish belgilandi.

Videoanjumanda bugungi va kelgusidagi ekologik vaziyatni inobatga olib, daraxt ekishni davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotgani, shuning uchun bu umummilliy loyihani puxta tayyorgarlik bilan, puli, egasi, sug‘orish tizimi bilan amalga oshirish kerakligi ta’kidlandi. Endilikda birinchi navbatda, mavjud va yangidan barpo etiladigan yashil maydonlarga tuman yoki shahar hokimining qarori bilan mas’ul belgilanadigan bo‘ldi. Ular daraxtlarni parvarishlash bilan birga, ushbu hududni obod saqlashga ham javob beradi.

Yig‘ilishda 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi. O’rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga hokimlar bilan birga, har bir hududning iqlim sharoitiga mos ko‘chatlarni ko‘paytirish va yetkazib berish vazifasi qo‘yildi. Buning uchun, qo‘mita huzurida “Yashil hudud” unitar korxonasi va har bir viloyatda uning filiallari tashkil etiladigan bo‘ldi.

Xulosa shundan iboratki, ko‘chat ekish bo‘yicha belgilangan “dolzarb 40 kunlik” bu tegishli tashkilot yoki korxona vazifasi bo‘lib qolmasdan bunda har bir fuqaro faol ishtirok etishi zarur.

  Barno Mirzamova,

  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.

  • Ko'rildi
    625
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+