Tadbirkorlar anjumani islohotlarning yangi bosqichini boshlab beradi

21.02.2018, 16:53

Tadbirkorlar anjumani islohotlarning yangi bosqichini boshlab beradi

Asaka tumanida O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy bo‘limi va bir qator tashkilotlar hamkorligida “Prezident g‘oyalari bilan kelajak sari” shiori ostida tadbirkorlar anjumani o‘tkazildi.

Unda “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida to‘g‘risida”gi farmonda belgilangan vazifalar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

– Mazkur anjuman mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tadbirkorlik islohotlarida yangi bosqichni boshlab berishiga ishonamiz, – deydi O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Tohirjon Tolipov. – Ochig‘i, tadbirda ishtirok etgan ishbilarmonlar anjumanga qadar ham tadbirkorlik borasidagi fikr-mulohazalarini bir-birlari bilan o‘rtoqlashayotganliklarini ko‘rib, bu yo‘nalishda salmoqli vazifalar ijrosi oldimizda turganini his qildim. Mazkur anjuman ishtirokchilarining mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlarga murojaati, ayniqsa, ishbilarmonlik muhitida yashayotgan tadbirkorlarimiz uchun qulay, istiqbolli, ilg‘or dasturilamal bo‘ldi, desam yanglishmaymiz.

Tadbir so‘nggida O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan faol tadbirkorlar anjumani bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilib, ushbu anjumanni har yilda bir marotaba o‘tkazishga kelishib olindi.

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1373
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+