Yangi O’zbekiston taraqqiyotining kafolatli yo‘lchirog‘i

09.11.2021, 15:18

Yangi O’zbekiston taraqqiyotining kafolatli yo‘lchirog‘i

Yangi taraqqiyot yo‘li boshida turgan O’zbekistonga dasturilamal yo‘lchiroq vazifasini o‘tovchi mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobi xalqimizning Uchinchi Renessans davri asoslarini yaratishda xizmat qilishi muqarrar.

O’zLiDeP Bekobod tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Xonqizi” MChJ” BPTda mazkur kitobning taqdimot marosimi o‘tkazildi. Unda partiya tuman Kengashi xodimlari hamda “Xonqizi” MChJda faoliyat ko‘rsatuvchi ishchilar ishtirok etishdi.

Tadbirni partiya tuman Kengashi apparat rahbari Abdujabbor Rasulov ochib, Yangi o‘zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyotimiz istiqbollari haqida atroflicha fikr yuritilgan asar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

 Shuningdek, Yangi O’zbekiston orzusi amaliyotga, real voqelikka aylanayotgani ta’kidlangan kitobning “Yangi O’zbekiston strategiyasi”, “Xalqparvar davlat”, “Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish”, Adolatli ijtimoiy siyosat”, “Ma’naviy taraqqiyot”, “Xavfsizlik va tashqi siyosat”, “O’zbekiston va umumbashariy muammolar” singari bo‘limlari mazmun-mohiyatini sharhlab berdi. 

Targ‘ibot tadbirida so‘z olgan mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari Shohida Ermatova yuksak salohiyatli xalqimiz o‘zining g‘ayrat-shijoati va fidokorona mehnati bilan yurtimizda Yangi O’zbekistonni – Uchinchi Renessansni bunyod etishga albatta qodirligi qayd etilgan kitobning tarixiy ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritdi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar tomonidan  mavzu yuzasidan berilgan savollarga batafsil javoblar olindi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+