Shifoxonada boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi

10.11.2021, 16:22

Shifoxonada boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi

O’zLiDeP tashkil etilganining 18 yilligi hamda tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan partiyaning viloyat Kengashi boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan ishlash guruhi tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyat hududiy filiali shifokorlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda partiya viloyat Kengashi Mafkuraviy, tashviqot-targ‘ibot ishlari bo‘limi mudiri A. Sultonova so‘zga chiqib, 18 yilligi keng nishonlanayotgan partiyaning xalqchil va insonparvar g‘oyalari hamda dasturiy maqsadlari xususida fikr yuritdi. Filialning fidoyi va jonkuyar shifokorlarini kasb bayrami bilan tabriklab, el salomatligini muhofaza qilishdek, mashaqqatli ishlarida omadlar tiladi.

Davra suhbatida shifokorlardan 15 nafariga partiyaga a’zolik guvohnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Shu kuni hududiy filialda partiyaning boshlang‘ich tashkiloti ochildi va bosh hamshira Gulmira Sodiqova BPT raisi etib tayinlandi.

  O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    222
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+