Ko‘chat ekish umummilliy harakatga aylanib bormoqda

11.11.2021, 10:49

Ko‘chat ekish umummilliy harakatga aylanib bormoqda

Shu yil 2 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish vazifasi yuklatildi.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining barcha hududiy kengashlari, deputatlar, partiya faollari o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Toshkent viloyati “Yashil makon” umummilliy  loyihasi doirasida O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Kengash huzuridagi jamg‘arma, Yangiyo‘l tuman hokimligi, “Yangiyo‘l Markaziy tomorqa xizmati” MChJ hamkorligida Yangiyo‘l tumanida seminar bo‘lib o‘tdi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish, bog‘ yaratish ishlarida nafaqat viloyat, tuman va shahar hokimliklari, balki barcha davlat va nodavlat tashkilotlari rahbar va xodimlari, aholi vakillari faol ishtirok etmoqda. Yangiyo‘l tumanida tashkil etilgan seminarda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov, kengash raisi o‘rinbosari To‘lqin Sattarov, Yangiyo‘l tuman hokimi Ulug‘bek Yalgashev va boshqa mutasaddilar, mahalliy aholi ishtirok etdi. Yashil hudud bunyodkorlari o‘z yashash hududlari, tuman va shahar markazlariga, iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekdilar.  O’zLiDeP va O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish, ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan dolzarb 40 kunlik ishlariga butun mamlakat bo‘ylab o‘z hissasini qo‘shmoqda. Jumladan, xuddi shunday tadbir O’rta Chirchiq tumanida ham o‘tkazildi.

  • Ko'rildi
    264
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+