"Yashil makon" umummilliy loyihasida Boyovutliklar ham faol ishtirok etmoqda

12.11.2021, 16:29

Yurtimiz hududlarida davom etayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi keng quloch yoymoqda. "Dolzarb 40 kunlik"da barcha fuqarolarimiz mevali va manazarali daraxtlarni ko‘paytirishda o‘z hissalarini qo‘shish niyatida.

Boyovut tumanidagi barcha mahallalarda manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari tashkil etildi. Unda mahalla aholisi, faxriylar hamda tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari ishtirok etishmoqda. Amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar hududlar qiyofasini obod etish barobarida, tabiatni asrash, ekologik musaffolikni ta’minlashga ko‘mak berishi bilan ham ahamiyatlidir.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitovning boyovutliklar bilan uchrashuvi ko‘chat ekish hashariga ulanib ketdi. Ko‘cha bo‘ylariga, yo‘l chetlariga mos ko‘chatlar keltirildi va shu kuni partiya faollari, mahallalardan kelgan mehnat faxriylari ishtirokida manzarali va mevali daraxtlar o‘tqazildi.

Hasharda ishtirok etgan Tomorqaga ishlov berish xizmatini ko‘rsatuvchilar ham o‘z ish uslublari bilan hasharchilarni tanishtirishdi. Ular Boyovut tumanida “Yoshlar” daftarida turgan va subsidiya asosida motokultivator olgan yigitlar. Ayni kunlarda ular aholi tomorqalariga pullik xizmat ko‘rsatishayapti.

Ko‘chat ekish tadbiri barcha tuman va shahar Kengashi deputatlari va BPT rahbarlari ishtirokida davom etayapti.

       O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    305
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+