MTT ishchi-xodimlaridan 18 nafari partiya safiga qabul qilindi

12.11.2021, 16:33

MTT ishchi-xodimlaridan 18 nafari partiya safiga qabul  qilindi

Koson tumanidagi 32- MTMda O‛zLiDeP Koson tuman Kengashi va Viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim markazi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda partiyaning viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Xurshida Xolmo‘minova so‘zga chiqib, asarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi ahamiyati haqida fikr yuritdi. “Yangi O’zbekiston – yangilanish va taraqqiyot omili” shiori asosida tashkil etilgan mazkur davra suhbati yakunida  MTT ishchi-xodimlaridan 18 nafari partiya safiga qabul  qilindi.

   O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    60
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+