Chirchiqlik yoshlar deputat bilan uchrashuvda muammo, taklif va mulohazalarini muhokama qilishdi

12.11.2021, 16:37

Chirchiqlik yoshlar deputat bilan uchrashuvda muammo, taklif va mulohazalarini muhokama qilishdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Deputat va Yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

O`zLiDeP tashkil topganining 18 yilligi munosabati bilan hamda Yoshlar haftaligi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlari, “Yoshlar qanoti” faollari ishtirok etishdi.

O’rta Chirchiq tumani 3-ixtisoslashtirilgan maktabning faollar zalida o‘tkazilgan tadbirni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati Viktor Pak ochib berdi.

Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda Yangi O’zbekiston bunyodkorlari mamlakatni qanday qurishmoqchi, o‘zlarini namoyon etishlari, ro‘yobga chiqishlarida yaratilishi lozim bo‘lgan zaruriy sharoitlar borasidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Viloyatda yashovchi yoshlar vakillari o‘zlarini qiynab kelayotgan muammo, taklif va mulohazalarini deputatlar bilan kechgan muloqot jarayonida bevosita muhokama qilishdi.

O’z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari va yuritishlarida kerak bo‘ladigan uslubiy tavsiyalarga ega bo‘lishdi.  

Muloqot uchrashuvida jamiyat hayotida faol qatnashayotgan bir guruh yoshlar O`zLiDeP viloyat Kengashining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Tadbir so‘nggida partiya bundan buyon ham o‘z saflarida maqsadga intiluvchan, shijoatli, tashabbuskor yigit va qizlarni – yangi avlod vakillari, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishi, izchil va jadal rivojlanayotgan, erkin va gullab-yashnayotgan demokratik davlatni barpo etish vazifalarini amalga oshirishga qodir yangi davr kadrlarini birlashtirishga yo‘naltirilgan  faol ishlarni olib borishi ta’kidlandi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O`zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    435
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+