Amaliyotda bir-birini zidlovchi qonun hujjatlar yuzaga kelishining oldi olinadi

13.11.2021, 17:54

Amaliyotda bir-birini zidlovchi qonun hujjatlar yuzaga kelishining oldi olinadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O'zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va daromadlarini oshirishga qaratilgan — “O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 378-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan oliy va professional ta’lim muassalarida o‘qish uchun tijorat banklaridan olingan ta’lim kreditlarini qoplashga yo‘naltirilgan jismoniy shaxslarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq imtiyozlari qo‘llaniladi.

E’tiborlisi, yosh oila tomonidan olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni er-xotin yoki ulardan birining yoshi belgilangan yoshdan oshguniga qadar har bir soliq davri davomida tegishli miqdorda qoplashga yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinishi belgilanmoqda.

Deputatlarning aytishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi amaliyotda bir-birini zidlovchi qonun hujjatlar yuzaga kelishining oldini olishga, aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

Yig‘ilishda jamiyatimiz hayotining turli sohalaridagi huquqiy negizini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator qonun loyihalari muhokama qilinib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

 

  • Ko'rildi
    230
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+