“Deputat va yoshlar” uchrashuvida kelgusi besh yillikdagi aniq maqsadlar bo‘yicha tushuncha berildi

16.11.2021, 15:23

“Deputat va yoshlar” uchrashuvida kelgusi besh yillikdagi aniq maqsadlar bo‘yicha tushuncha berildi

O’zLiDeP viloyat Kengashi tashabbusi bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyilining mazmun-mohiyatini yoshlarga atroflicha tushuntirishni maqsad qilgan uchrashuvda partiyaning viloyat Kengashi vakillari, deputatlar va partiya faollari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida talaba yigit-qizlarga “Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasi”ning ustuvor yo‘nalishi hamda «Yangi O’zbekiston Strategiyasi» nomli kitobining mazmun-mohiyati to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi. Yangi O’zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritildi va bu borada yoshlarning faol ishtiroki muhimligi ta’kidlandi.

Interaktiv tarzda o‘tgan ochiq muloqotda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Tadbir so‘ngida faol yoshlar partiya esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalari bilan taqdirlanishdi.

  • Ko'rildi
    416
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+