Deputat "Maktabda bir kun" loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazdi

17.11.2021, 16:06

Deputat

Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi va o‘quvchilarning bevosita o‘zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo‘naltiruvchi kuchdir. Shu maqsadda, O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limining "Maktabda bir kun" loyihasi bu gal e’tiborni "Muloqot madaniyati"ga qaratdi.

Partiyaning faol a’zosi Nilufar Ismoiljonova "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan ushbu loyiha doirasida maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi. Suhbat boshidanoq, bolalar ko‘ngliga yo‘l topishni asosiy maqsad qilgan Nilufar har bir o‘quvchining individual xususiyatlariga mos muloqot tizimini ishlab chiqishga kirishdi. Shu bilan birga, muloqotda milliy ma’naviyatimiz, urf-odat va an’analarimiz imkoniyatlaridan foydalanishga harakat qildi.

"Muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik sinf jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi, deb o‘ylayman. Bugun biroz qiynaldim, ammo bolalarga mehrim tushib qoldi, men bularni ko‘rishga yana kelaman”, - deydi "Maktabda bir kun" loyihasining qahramoni Nilufar Ismoiljonova. Albatta, har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Nilufar va O’zLiDeP faollari zahmatli ammo sharafli kasb egalariga yana bir bor tasanno aytadi.

  • Ko'rildi
    441
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+