Dasturlar vazirlikda emas, mahallada “mahallabay” tamoyili asosida ishlab chiqiladi

17.11.2021, 16:08

Dasturlar vazirlikda emas, mahallada “mahallabay” tamoyili asosida ishlab chiqiladi

Bugungi yangilanishlar hech kimni befarq qoldirayotgani yo‘q. Ayniqsa, iqtisodiyotimizni rivojlantirish, aholining daromad manbaini ko‘paytirish, shu orqali kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar  xalqimizni ertangi kunga va yurt istiqboliga ishonchini yuksaltirmoqda.

Prezidentimiz  Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham bu masalalarga katta e’tibor qaratildi. Unda davlatimiz rahbari iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida aholi uchun daromad manbai yaratish orqali kambag‘allikni qisqartirish mukinligini alohida ta’kidladi. Buning uchun kelgusi yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari, ishsiz aholi va yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish uchun 13 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilayotgani aytib o‘tildi.

Kelgusi yilda davlat investitsiya dasturi doirasida 18 trillion so‘mlikdan ziyod 1 ming 700 ga yaqin loyiha, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari doirasida 22 milliard dollarlik 9 mingta loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Buning natijasida 135 ming va 305 mingta ish o‘rni tashkil etish mo‘ljallanmoqda.

Bu haqda gap borar ekan, Prezidentimiz bundan buyon dasturlar vazirlikda emas, mahallada shakllanishini, ularni hokimlarning yordamchilari o‘zi “mahallabay” tamoyili asosida ishlab chiqishi zarurligini ta’kidladi. Bundan tashqari kelasi yil xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb etilgan 2 milliard 200 ming dollar mablag‘ni o‘zlashtirish hisobiga 109 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning samarasida 28 ming aholi bandligi ta’minlanadi.

Eng quvonarlisi, xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilinadigan mablag‘larni ham mahallaga bog‘lash masalasi ko‘rib chiqildi. Albatta, mahalla moliyoviy jihatdan mustahkam bo‘lsa, faoliyat doirasi ham kengayadi, qo‘li uzun bo‘ladi.

  Hazratqul  XO’JAMQULOV,

  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

  • Ko'rildi
    202
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+