Deputatlar “Davlatimiz bayrog‘i – faxrimiz, iftixorimiz” mavzuida insholar tanlovi o‘tkazdi

18.11.2021, 17:34

Deputatlar “Davlatimiz bayrog‘i – faxrimiz, iftixorimiz” mavzuida insholar tanlovi o‘tkazdi

Mamlakatimizda har yili 18 noyabr - O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sifatida keng nishonlanadi.

Davlatimiz bayrog‘ining 30 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan saylangan okrugi hududidagi 43-46-22-15-sonli umumta’lim maktablari, 4-DIUM va 1-DIMI o‘quvchilari o‘rtasida “Davlatimiz bayrog‘i – faxrimiz, iftixorimiz” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov yakuniy taqdirlash marosimi 4-Davlat ixtisoslashgan umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida O’zbekiston Respublikasi Davlat madxiyasi yangrab, Davlat bayrog‘i ko‘tarildi.

Tadbirning madaniy-ma’rifiy qismi maktab o‘quvchilari tomonidan Davlatimiz barog‘ini madx etuvchi she’r va qo‘shiqlar bilan boshlandi.

Tadbirda Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lganligi, yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ko‘z qorachig‘idek asrash har bir fuqaroning burchi ekanligi ta’kidlandi.

Tadbir so‘nggida insholar tanlovi g‘oliblari va faol ishtirokchilari deputatlarning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

  • Ko'rildi
    1906
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+