Bugunning tadbirkor ayoli

18.11.2021, 17:36

Bugunning tadbirkor ayoli

O`zLiDeP Chiroqchi tuman Kengashi deputatlari tomonidan   ayollarning biznesga doir bilimlarini boyitish maqsadida tumandagi Ko‘ktosh mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Nigora Mavlonova rahbarlik kilayotgan tadbirkorlik  sub’ektida “Bugunning tadbirkor ayoli” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Nigora Mavlonova haqiqatda namuna olsa arzigulik tadbirkor. U 21 yildan buyon tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib, faoliyati davomida 100 nafardan ziyod xotin-qizga  tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rgatgan. Hozirgi kunda ham uning qo‘l ostida 8 nafar ishsiz xotin-qiz kasb-hunar o‘rganmoqda.

Tadbirda ishsiz va tadbirkorlik faoliyatini ochish arafasida yurgan xotin-qizlarga Nigora Mavlonova o‘z faoliyati haqida gapirib berdi. Tikuv mashinalari imkoniyatlarini va tayyor kiyim-kechaklar ko‘rgazmasini namoyish etdi.

-Yaqinda yana qo‘shimcha tikuv dastgohlari sotib olish uchun bankdan kredit olmoqchiman, - deydi N. Mavlonova. –Kredit olishda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida Chiroqchi tuman Kengashi deputati Farhod Elmurodov bilan hamkorlikda ish olib borayapmiz.

“Bugunning tadbirkor ayoli” mavzuidagi mahorat darsida ishtirok etgan ishsiz ayollarning aksariyati tikuvchilik sohasini tanlab, Nigora Mavlonova kabi tadbirkor bo‘lishga ahd qilishdi.

  O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    393
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+