2022-yilgi Davlat budjetida ta’lim sohasiga ham katta e’tibor qaratilgan

18.11.2021, 17:50

2022-yilgi Davlat budjetida ta’lim sohasiga ham katta e’tibor qaratilgan

Jahon hamjamiyatida iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlari shiddat bilan rivojlanayotgan davrda har bir davlatning taraqqiyoti bevosita ta’lim jarayonlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun ham hozirgi kunda Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasi, ta’lim tizimining barcha sohalarini rivojlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan bo‘lib, bu jabhalarda uzoqni ko‘zlangan yangicha yondashuvlar, juda muhim ijobiy o‘zgarishlar, hayotiy va xorijiy tajribalarga hamda chuqur tahlillarga asoslangan islohotlar jarayoni kechmoqda. Davlat budjeti esa ijtimoiy sohalarning, shuning ichida ta’lim tizimining taraqqiy etishida juda muhim faktor hisoblanadi.

Davlat budjetida ta’lim tizimiga ajratilayotgan mablag‘lar miqdori davlatimizning ijtimoiy rivojlanishini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Sababi, ta’lim tizimining taraqqiy etishi davlatimiz iqtisodiyotining rivojlanishi uchun malakali kadrlar bilan ta’minlash jarayonini takomillashtirish bilan birga jamiyat a’zolari dunyoqarashining kengayishiga, o‘zlarining maqsadlariga yetishlarida, moddiy jihatdan farovonlikka erishishida hamda sog‘lom turmush tarzida yashashiga ta’sir qiladi.

Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida muhokamadan o‘tayotgan 2022 yil uchun O’zbekiston Respublikasi budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilariga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari Maktabgacha ta’lim vazirligiga 6,679296 trl. so‘m, Xalq ta’limi vazirligiga 26,466065 trl. so‘m, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga 4,170822 trl. so‘m etib belgilangan. Bu ajratilgan mablag‘lar ta’lim tiziminig barcha bo‘g‘inlarida yangi islohatlarni amalga oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsion texnologiyalarni keng jalb etish, keng polosali internet tarmog‘iga ulanishlarni ta’minlash, yangi o‘quv binolarni qurish, rekonstruksiya qilish, jihozlash va shu kabi keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish imkoniyatlarini beradi.

Davlat budjetini ishlab chiqishda Oliy ta’lim tizimida oliy ta’lim tashkilotlarida qabul kvotalarining ko‘payishi, yangi OTTlar va yo‘nalishlarning, sirtqi va kechki ta’lim turlarining ochilishi natijasida talabalar kontingentining oshishi, Prezidentimiz belgilab bergan oliy ta’lim tashkilotlarga akademik va moliyaviy mustaqillik berish, o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, o‘quv jarayonining shaffofligini ta’minlash, ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani keskin kamaytirish kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirish asos qilib olingan.

Muxtor IBRAGIMOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

  • Ko'rildi
    500
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+