Kimyo sanoati: izlanish, taraqqiyot va samara

19.11.2021, 15:26

Kimyo sanoati: izlanish, taraqqiyot va samara

Kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida kimyo sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va yangi loyihalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda o‘tgan davrda sohada erishilgan natijalar atroflicha tahlil qilinib, galdagi muhim masalalar belgilandi. Davlatimiz rahbari sohada amalga oshirilatyotgan loyihalar tarmoqdagi ulkan imkoniyatlarga nisbatan yetarli emasligini, investitsiya jalb etib, mahsulotlarni ko‘paytirish mumkinligini ta’kidladi. Shundan kelib chiqib, kelgusi yilda ishlab chiqarish hajmini 12 trillion so‘mga, eksportni 380 million dollarga yetkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Sohani raqamlashtirish, korxonalarda operatsion xarajatlar va energiya sarfini qisqartirish orqali mahsulot tannarxini kamaytirish vazifasi qo‘yildi.

Aytish kerakki bunday sanoat tarmoqlarini tashkil etish ichki bozorni rivojlantirish, shuningdek, eksport tovarlari hajmini oshirishga xizmat qiladi. Ya’ni sohada yangi mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘zlashtirilishi, soha korxonalarining xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etgan holda, dunyo bozoriga integratsiyalashuvi tufayli tizimning eksport salohiyati o‘z o‘zidan oshib boradi va ilgari kimyo sanoati mahsulotlari yaqin qo‘shni davlatlarga sotilgan bo‘lsa, endilikda MDH, Yevropa, Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyoning qator mamlakatlariga eksport qilinishi uchun imkoniyat yuzaga keladi.

Bundan tashqari yig‘ilishda yangi korxonalarni kadrlar bilan ta’minlash muhim ekanligi alohida ta’kidlandi. Shu maqsadda kelgusi yilda 6 ming nafar oliy va o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash mo‘ljallangan. Tarmoqdagi 6 ta korxona negizida o‘quv markazlari hamda Chirchiq shahrida ishchi-mutaxassislar tayyorlash majmuasini ishga tushirish belgilangan. Eng asosiysi mutaxassislarni kimyo sanoatining bugungi rivoji va ish beruvchining talablari asosida tayyorlash muhimligi belgilandi. Ko‘rinib turibdiki, soha qanchalik rivojlansa, yoshlarni ish bilan ta’minlash ko‘lami ham shunchalik ortaveradi.

Xulosa o‘rnida aytganda, mamlakatimiz kimyo tizimidagi bu kabi ulkan o‘zgarishlar, yangilanishlar hamda diversifikatsiyalash jarayonlari qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon, neft-gaz, to‘qimachilik, lok-bo‘yoq, avtomobil, qurilish sanoati, ayniqsa, kichik biznesning yanada ravnaq topishiga, umuman, iqtisodiyotimizning barqaror sur’atlarda rivojlanishiga puxta zamin yaratmoqda.

Nuriddin Sultonov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

  • Ko'rildi
    111
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+