Jazoni ijro etish muassasasida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
19.11.2021, 15:39

Navoiy shahridagi 11-sonli JIEKda “Eng faol kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlov jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar o‘rtasida tashkil etilib, “Ozodlik sari” va “Buyuk kelajak” guruhlari o‘zaro bellashdi. Ulug‘ adiblar hayoti va ijodi, ularning adabiyotga va insoniyatning ma’naviy kamolotiga qilgan ulkan xizmatlari yuzasidan savol-javoblar qilinib, o‘zaro musohabalar olib borildi. Alisher Navoiy, Abdulhamid Cho‘lpon, Maxtumquli, Chingiz Aytmatov, Said Ahmad, Pirimqul Qodirov, Abdulla Qahhor, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, O’tkir Hoshimov kabi yetuk yozuvchi va shoirlar qalamiga mansub asarlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Turli janrlardagi badiiy, tarixiy, detektiv asarlar bahs-munozaralarga kirishilib, kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan ma’naviy–ma’rifiy tadbirda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng faol kitobxonlarga tashakkurnomalar taqdim etildi.
Tadbir nihoyasida O’zLiDeP Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti vakillari 11-sonli JIEK boshlig‘ining tartibot va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M. Hasanov bilan bu yerda olib borilayotgan ma’rifiy ishlar to‘g‘risida batafsil suhbatlashib, kutubxona faoliyati va bazasi bilan yaqindan tanishishdi.
-Kutubxonamizda jahon va o‘zbek adabiyoti namunalari, tarixiy, ilmiy va diniy adabiyotlar bor. Maktab ko‘rmagan, o‘qish va yozishni ham bilmaydigan mahkumlar uchun boshlang‘ich darslar ham tashkil etilgan. Shu yerda o‘qishni o‘rganganlar yo‘q emas. Kutubxonadagi kitoblarni mahkumlar o‘zlari bilan olib ketib o‘qiydilar, yana audio kitoblar eshituvlarini ham tashkil etganmiz, - deydi JIEK boshlig‘i o‘rinbosari, mayor M.Hasanov .
M.Pirnafasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Konstitutsiyamizda aholi salomatligiga oid normalar 4 barobar ko‘paytirilmoqda – O‘zLiDeP deputati
24.03.2023, 16:16
-
Davlat aholiga eng zarur va muhim bo‘lgan bir qator tibbiy xizmatlarni bepul ko‘rsatish majburiyatini o‘z zimmasiga olmoqda
24.03.2023, 16:14
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati mahalla ahliga tushuntirildi
24.03.2023, 16:12
-
Konstitutsiyaviy islohotlar partiyamiz elektorati manfaatlariga xizmat qiladi
24.03.2023, 12:08
-
Adolatli soliqlar
24.03.2023, 12:04
Fikringizni qoldiring