Ohangaronlik deputatlar kelgusi yildagi rejalarni belgilab oldi

19.11.2021, 15:41

Ohangaronlik deputatlar kelgusi yildagi rejalarni belgilab oldi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida so‘zlagan dasturilamal nutqi Uchinchi Renessansga yuz burayotgan mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.

 O`zLiDeP Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi yig‘ilishida mazkur tarixiy nutqdan kelib chiquvchi partiya deputatlik guruhi oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. 

Yig‘ilishda xalqimiz va xalqaro jamoatchilik tomonidan keng e’tirof etilayotgan mazkur tarixiy nutq hozirga kunda dolzarb bo‘lgan muhim tashabbuslarni o‘z ichiga olgani alohida qayd etildi.

Partiya shahar Kengashi tomonidan kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar, xususan, saylovoldi uchrashuvlarda tushgan murojaatlar bilan ishlash, yoshlar siyosati, partiyaning  targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini izchil davom ettirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O`zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    288
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+