Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda partiya hududiy kengashlari faol ishtirok etadi

19.11.2021, 15:45

Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda partiya hududiy kengashlari faol ishtirok etadi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy partiya tashkiloti   tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari  qo‘shma  majlisidagi  nutqidan kelib chiqib, partiya oldida turgan ustuvor vazifalar va kelgusi rejalar bo‘yicha tadbir tashkil qilindi.

Tadbirni O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy partiya tashkiloti raisi  Sag‘indiq Turmanov ochdi va boshqarib bordi. U o‘z so‘zida  bir g‘oya va maqsad atrofida jipslashib kelayotgan O'zLiDeP partiyasi   siyosiy kuch  sifatida  faoliyatiga,  ayniqsa o‘tgan besh yil mobaynida  Harakatlar strategiyasi doirasida  belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida qilingan ishlarni hayotiy misollar bilan qayd etar ekan, uning davomi sifatida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosida oldimizda turgan ustuvor vazifalarga ahamiyat qaratish kerakligi qayd qilindi.  

Tadbirda Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda barcha partiya faollaridan yana faollik talab qilishi aytib o‘tildi. Bundan tashqari partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini aholi orasida keng targ‘ib qilishda ko‘rsatgan faolligi hamda partiya mavqeini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xalq vakillari bo‘lgan deputatlar, elektoratimiz bo‘lgan tadbirkorlar va partiya faollariga O'zLiDePning tashakkurnomalari topshirildi.   

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  

Kengashi  matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    350
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+