Deputat tashabbusi bilan mahallaga yangi yuqori kuchlanishli transformator o‘rnatildi
22.11.2021, 16:58

Izboskan tumani, “Yangiobod” mahallasi ahli elektr ta’minotidagi uzilishlardan zada bo‘lgan. Ayniqsa, havo harorati pasayishi bilan bu uzilishlar ko‘payib, kattayu kichikning umumtashvishiga aylanadi-qoladi.
Mazkur hududdan xalq deputatlari tuman kengashi deputatligiga saylangan O’zLiDeP deputati Naimaxon No‘‘monovaning qariiyb ikki yillik sa’y-harakatlaridan so‘ng mahallaga yangi yuqori kuchlanishli transformator o‘rnatildi.
-Deputatimizga rahmat, - deydi shu mahallada istiqomat qiluvchi Sh.Rustamova. – Biz uchun jonkuyarlik bilan yelib-yugurdi. Murojaatimizni aro yo‘lda tashlab qo‘ymay, oxirigacha bordi. Har yili elektr uzilishlaridan qish kelsa bezillardik. Mana endi qish mavsumini shu muammosiz o‘tkazamiz.
Ikki yildan buyon ana-mana bilan ortga surilayotgan muammo yechimi joriy yilga “atalgan” ekan. Bugun saylovchilarning mamnunligini ko‘rib deputat ham yengil tortgani shundan.
Zilola RAHMONOVA,
O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi
matbuot xizmati xodimi
O'xshash yangiliklar
-
O’zLiDeP deputati homiyligida 19 nafar ehtiyojmand oila farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi
12.08.2022, 16:15
-
Deputatlar tashabbusi bilan mahalla xotin-qizlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
12.08.2022, 16:00
-
Deputatlar ko‘magida Sharq tongi mahallasining suv tarmog‘i yangilanmoqda
10.08.2022, 15:58
-
Deputatlar sayyor qabuli: Taxiatoshliklarning muammolari tingladi
10.08.2022, 15:56
-
Deputat yoshlar bilan uchrashdi
10.08.2022, 15:55
Fikringizni qoldiring