Biz yoshlar yurtimizni gullagan bo‘stonga aylantiramiz

26.11.2021, 19:41

Biz yoshlar yurtimizni gullagan bo‘stonga aylantiramiz

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari “Yangi O’zbekistonni gullagan bo‘stonga aylantiraylik” shiori ostida “Dolzarb 40 kunlik”da faol ishtirok etmoqdalar.

- Viloyatimizdagi har bir mahalla, korxona va muassasalarda, tibbiyot hamda ta’lim muassasalarida, barpo etilayotgan “Yashil makon”larda, dala va yo‘l yoqalarida tashkil etilayotgan ko‘chat ekish bo‘yicha hasharlarda partiyamiz “Yoshlar qanoti” faollari alohida jonbozligi bilan ajralib turishibdi, - deydi O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Xolbek Asatov. – Umumxalq harakati doirasida yoshlarimiz bir necha xayrli tashabbuslarni ilgari surdilar. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har bir tumanda faollarimiz tomonidan yuzlab mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Darhaqiqat, yoshlarga xos shijoat va g‘ayrat – Jizzaxda davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy harakatida yaqqol sezilib turibdi.

                   O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    401
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+