Xotin-qizlarning muammo va takliflari tinglandi
26.11.2021, 19:44

O’zLiDeP Zarafshon shahar Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan 2-DMTT da “Farovon oila” loyiha doirasida davra suhbati tashkil etildi.
“Ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolliklarini va ularning jamiyatdagi maqomini oshirish-davr talabi!” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati davomida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.
-Bizning davrimiz yuksalish eshiklarini ayollarimiz uchun yanada kengroq ochdi. Endi ayol o‘zini himoyaga muhtoj qatlam sifatida emas, ilm va tafakkuri, mehnat va shijoati ortidan yuqori mavqega ega shaxs sifatida ko‘rishi kerak. Buning uchun esa xotin-qizlarimiz chuqur bilimga ega bo‘lib, o‘z haq-huquqlari va imkoniyatlari haqida anglamoqlari zarur, - dedi davra suhbatining asosiy tashkilotchisi, “Ayollar qanoti” faoli L.Narzullayeva.
Samimiy o‘tgan davra suhbati 5 nafar ayolning partiya a’zoligiga rag‘bati bilan yakunlanib, ularga O’zLiDeP Zarafshon shahar Kengashi xodimlari tomonidan partiya atributlaridan tashkil topgan targ‘ibot vositalari taqdim etildi.
Muhayyo Pirnafasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Avval – inson, keyin jamiyat va davlat
29.03.2023, 14:26
-
Uzunlik partiya faoli gulchilik faoliyati orqali 5 kishini ishli qildi
13.03.2023, 14:42
-
Xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi
07.03.2023, 17:58
-
Onalar – butun bashariyatning tarbiyachilaridir
07.03.2023, 17:44
-
Xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor yildan yilga kuchayib borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz
07.03.2023, 17:29
Fikringizni qoldiring