Yoshlar siyosati yangi bosqichda

26.11.2021, 19:52

Yoshlar siyosati yangi bosqichda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida Jamiyat boshqaruvining tayanch bo‘g‘ini bo‘lgan, islohotlar samarasi bevosita aks etadigan mahalla tizimini hokimliklar bilan bog‘lash maqsadida har bir mahallada hokim yordamchisi lavozimi joriy etilishi, shu bilan birga, mahallalarda yoshlar masalalari bilan muntazam shug‘ullanadigan Yoshlar ishlari agentligining vakili ham bo‘lishi haqida qati’iy topshiriq berilgan edi.

Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan Samarqand viloyati bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi. Mazkur ishchi guruhga Oliy Majliq Qonunchilik Palatasi deputati, O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi Abdullo Aslanov boshchilik qildi.

- Samarqand viloyati bo‘yicha 1117 mahalla fuqoralari yig‘inlari  mavjud bo‘lib, suhbatgacha bo‘lgan davrda 18 dan 35 yoshgacha bo‘lgan 4578 nafar yoshlar  Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishdi va vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishdi. Joriy yilda Yoshlar bilan o‘tkazilgan forumlar, saylovodi uchrashuvlarda yoshlar siyosati bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar va juda katta marralarni belgiladik, “Yangi O’zbekiston” bunyodkorlari, albatta yoshlar hisoblanadi. Ularning bu ishlarga intilishi, ko‘zlardagi ishonch barchamizni yanada shijoat bilan ishlashga undaydi, - deydi Oliy Majliq Qonunchilik Palatasi deputati, O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi Abdullo Aslanov.

Yoshlar siyosati eng muhim masalalardan biri ekanligini inobatga olib, ushbu yoshlar Prezident vakili bo‘ladi. Ularning asosiy vazifalari “yoshlar daftari” va yoshlar dasturlarini shakillantirish va ularning ijrosini ta’minlash, mahallardagi har bir yoshlar bilan manzilli ishlab, ularning muammolarini hal etish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini shakillantirish va bandligini ta’minlashdir.

  Sohib Abdirahmonov,

 O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    291
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+