Qo‘shma korxonaning 100 nafar ishchi-xodimlari partiyaga a’zo bo‘ldi
26.11.2021, 19:56

O’zLiDeP Beshariq tuman Kengashi tomonidan Beshariq tumanidagi “FARG'ONA YASIN QURILISH MOLLARI” ko‘shma korxonasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Hozirda mazkur korxonada 450 nafar yoshlar va xotin-qizlar faoliyat yuritadi.
2017–2021 yillarda mamlakatni rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinib, uning doirasida 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod Prezident farmon va qarorlari qabul qilingani islohotlarning amalga oshirilishida dasturilamal bo‘lganligi aytib o‘tildi. Bunda, ayniqsa, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor berilgani qayd etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar partiya vakillari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va adolatga asoslangan, odamlar manfaatiga xizmat qiladigan xalqparvar qarorlar qabul qilish tizimi shakllantirilgani, ko‘p yillar davomida amal qilib kelinayotgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili asosida ish olib borilgan bo‘lsa, endilikda mamlakatimizda avvalo, inson, keyin esa, jamiyat va davlat manfaati barcha harakatlarimizning negiziga qo‘yilganini ta’kidlashdi.
Tadbir yakunida tadbirkorlik sub’ektida boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi va 100 nafar ishchilar partiya a’zoligiga qabul qilindi.
O'xshash yangiliklar
-
Mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan BPTlarda mustaqillik bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda
09.08.2022, 15:41
-
Ayolni e’zozlasak - e’zoz topamiz
09.08.2022, 15:38
-
BPT faollariga istiqlol bergan ne’matlar tushuntirib o‘tildi
04.08.2022, 16:28
-
Yangibozorning 30 nafar mahalla raislari partiya safiga qo‘shildi
25.07.2022, 14:58
-
Bosh qomusimizda mehnat huquqiga doir yangi normalar kiritilmoqda
22.07.2022, 16:21
Fikringizni qoldiring