Xotin-qizlarning haq-huquqlari to‘liq himoyalangan

26.11.2021, 19:57

Xotin-qizlarning haq-huquqlari to‘liq himoyalangan

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan "Oila - muqaddas maskan " shior ostida Urganch shahridagi 17 Shodlik mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda partiyaning mas’ul xodimi Shahnoza Yaqubova va Urganch shahar kengashi deputati Dilorom Atayeva mahalla fuqarolari bilan ochiq suhbat olib bordi.

Jamiyatimizda ayolning o‘rni, uning mavqei oshib borayotgan bir davrda ayrim ko‘ngilsiz holatlarning ham yuz berayotgani ko‘ngilni xijil qiladi. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va maishiy zo‘rovonlikni oldini olish  va ayollarga himoya ordeni berilishi ayollarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishiga isbot bo‘la oldi. Hozirgi kunda ayollarimiz o‘z xaq-xuquqlarini bilgan xolda jamiyatimizda o‘z o‘rinlarini topyapti,ta’lim bilan bir qatorda tadbirkorlik ishlarida ham keng faoliyat olib bormoqda.

Prezidentimizning "Yangi O’zbekiston strategiyasi" asarida ham ayolga etirof, xotin- qizlarga e’tibor xususida alohida  e’tibor qaratilgani ta’kidlab o‘tildi. Onani, ayolni, xotin- qizlarni qadrlagan mamlakat kelajak avlodni qadrlagan bo‘ladi. Zero, komil onalar - barkamol avlodning yaratuvchisi, bunyodkoridir.

Uchrashuvda fuqarolardan turli masalalarda  murojaatlar bo‘ldi va ularning yechimi borasida partiya deputati bilan aniq maqsadlar belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    67
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+