Xorazmlik safdoshlarimiz ona tabiatni asrashda faol ishtirok etmoqda
26.11.2021, 19:58

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda. Bu ishlarda keng jamoatchilik vakillari, korxona-tashkilot xodimlari, xullas yosh-u qari birdek o‘z hissasini qo‘shmoqda. Davlatimiz rahbarining “Yashil makon” umummilliy loyihasining barcha idora va tashkilot, ijtimoiy muassasalar qatori O’zLiDeP partiyasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanishi xalqimiz uchun ibratga sazovor bo‘lmoqda.
-Mazkur hayrli ishda partiya viloyat Kengashi hamda tuman, shahar Kengashlari, deputatlar, partiya faollari faol ishtirok etishmoqda. Hozirda safdoshlarimiz bilan birgalikda 500 tup mevali, 900 tup manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarini amalga oshirmoqdamiz, -deydi partiya viloyat kengashi apparat rahbari Shuxrat Atajanov.
Prezidentimizning saylovoldi dasturida ham xonadon, ko‘cha, mahalla, qishloq va shaharlarda yo‘l bo‘ylari va dala chetlariga har yili kamida 200 million tup daraxtlar ekish, hududlarimiz iqlimiga mos ko‘chatlarni yetishtirish, sug‘orish hamda parvarish qilish tizimi asosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirish ko‘zda tutilgan edi. Shuningdek, kelgusi 5 yillikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida “Yangi O’zbekiston bog‘i” namunasi asosida kamida 50 gektar maydonda “yashil bog‘lar” barpo etilishi, shaharlar va tuman markazlarida har 50–100 ming aholi uchun “yashil jamoat parklari” tashkil etilishi, daraxtlarni noqonuniy kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilinib, parklar va “yashil zonalar” hududini boshqa maqsadlar uchun ishlatish qat’iyan taqiqlanishi kabi qator ustivor vazifalarni amalga oshirish belgilangan.
Davlatimiz rahbarining 2 noyabrdagi videosellektor yig‘ilishida ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Xorazm qiloyatining 13 ta tuman, shahar aholisi, turli korxona, tashkilotlar vakillari faol ishtirok etmoqda. Loyiha doirasida viloyatda 14 million tup daraxt ekish rejalashtirilgan.
Nasiba Vaisova,
Partiya Xorazm viloyat Kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Paxta narxining oshgani barcha fermerlarimizning manfaatdorligini oshiradi
12.08.2022, 17:15
-
Tadbirkorlik ob’ektida master-klass o‘tkazildi
12.08.2022, 16:21
-
O’zLiDeP deputati homiyligida 19 nafar ehtiyojmand oila farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi
12.08.2022, 16:15
-
IT-biznes uchun imtiyozlar: Yuqori Chirchiq tumanidagi Astrum IT akademiyasida yosh dasturchilar bilan muloqot o‘tkazildi
12.08.2022, 16:12
-
Sirdaryolik yoshlarga mustaqillik ne’matlari tushuntirildi
12.08.2022, 16:07
Fikringizni qoldiring