Buvayda tumanida deputat saylovchilar bilan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi

30.11.2021, 12:16

Buvayda tumanida deputat saylovchilar bilan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan respublika bo‘ylab keng quloch yoyib borayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha yurtdoshlarimiz faol ishtirok etib o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.

Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish belgilandi. 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi.

Mazkur aksiyadan ko‘zlangan maqsad ekologik iqlim o‘zgarishlarni hisobga olgan holda respublikamizning barcha hududlarida yashil makonlarni yaratish, ona tabiatimizni asrash, kelajak avlodimiz sog‘lig‘ini asrash ko‘zda tutilyapti.

Buvayda tumanida ham "Yashil makon" umummilliy loyihasida barcha fuqarolarimiz faol ishtirok etyapti, o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

Saylovchilar bilan uchrashuv davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Ibragimova aholi vakillari bilan turli manzarali va mevali daraxtlarni ekishdi.

Ta’kidlash joizki, ko‘chat ekish bo‘yicha belgilangan “dolzarb 40 kunlik” faqat bir tashkilot yoki korxona vazifasi bo‘lib qolmasdan bunda har bir fuqaro faol ishtirok etishi zarur.

Shuninglek, deputat uchrashuvlari davomida tumandagi “Jiydali” MFYda kitobxonlik va she’rxonlik kechasida ham ishtirok etdi.

Tadbirda Buvayda tumanida ijod qilib kelayotgan adabiyotshunos, shoirlar va she’riyat ixlosmandlari qatnashdi. Tumanda yoshlarni kitobxonlikka yanada qiziqishini orttirish, nodir asarlarimizni yoshlarga yetkazish, maktab o‘quvchilari o‘rtasida turli tanlovlar tashkil qilish va ularni rag‘batlantirib borish borasida takliflar bildirib o‘tildi.

Tadbir davomida shoirlar va she’riyatga qiziquvchi ixlosmandlarga sovg‘alar ulashildi.

  • Ko'rildi
    290
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+