Deputat o‘rganishlari natijasida Chustdagi bog‘cha va tez tibbiyot markazi ancha ta’mirtalab ekanligi ma’lum bo‘ldi

30.11.2021, 12:19

Deputat o‘rganishlari natijasida Chustdagi bog‘cha va tez tibbiyot markazi ancha ta’mirtalab ekanligi ma’lum bo‘ldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N.Sultonov Chust tumanida bo‘lib, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazyapti, turli masalalardagi murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganyapti.

 Deputat 16-sonli Maktabgach ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlarini olib bordi. Mazkur maktabda kuz - qish mavsumiga tayorgarlik holati, yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. O’rganishlar natijasida ushbu maktabgacha ta’lim muassasi ancha eski holatda ekanligi, uni qayta ta’mirlash lozimligi aniqlandi.

Xalq vakili mutasaddi bilan shu yerning o‘zida masalaga yechim topish maqsadida mazkur bog‘chani qayta ta’mirlash uchun kelgusi yilgi davlat dasturiga kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, deputatning keyingi o‘rganishi ushbu hududdagi Tibbiyot markazidan boshlandi. Tibbiyot markazning barcha bo‘limlari bemorlardan tortib shifokorlar bilan ham yaqindan suhbatlashilib, sinchkovlik bilan o‘rganildi.

O’rganishlar davomida shifoxonada bemorlar uchun yetarli shart-sharoitlar yo‘qligigi, tibbiyot anjomlari ancha eskirgani, binoni qayta ta’mirdan chiqarish lozimligi  aniqlandi.

Ushbu masalada tuman mutasaddi rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi va muammo deputat nazoratiga olindi.

  • Ko'rildi
    553
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+