Karmanalik partiya vakillari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol qatnashmoqda
01.12.2021, 11:07

Respublikamiz bo‘ylab keng quloch yoyib borayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha yurtdoshlarimiz faol ishtirok etib o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.
Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish belgilandi. 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi.
O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi vakillari, deputatlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Karmana tumanida ko‘chat ekish aksiyasini tashkil qildi. Ko‘chat ekish tadbirida Oliy Majlis Qonunchilik paltasi Spikeri o‘rinbosari, partiya fraksiya rahbari Aktam Xaitov ham ishtirok etib, partiya tashkiloti rahbari sifatida manzarali daraxt o‘tqazish ishlarini boshlab berdi.
Bugungi kunda global muammoga aylanayotgan iqlim o‘zgarishlarining oldini olish va havoda kislorod aylanmasini kuchaytirish maqsadida tadbiq qilinib, umummilliy harakat bo‘lib kuchga kirgan ko‘chat ekish tadbiri uchun ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari olib kelindi.
Hududiy partiya tashkiloti hissasiga to‘g‘ri kelgan 100 tup ko‘chat shu kuni ko‘tarinkilik bilan yerga qadaldi.
Ko‘chat ekish tadbiri o‘zaro hamjihatlik bilan kechga qadar davom etdi. Aniqsa, fraksiya rahbarining ham tadbirda ishtirok etishi va o‘z qo‘li bilan Karmana tuprog‘iga nihol o‘tqazishi partiya faollari hamda xodimlarini ruhlantirib yubordi.
Muhayyo Pirnafasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Sirdaryo tumanida yaqinda ish boshlagan yangi korxona faoliyati bilan tanishildi
27.01.2023, 19:38
-
O’zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari
27.01.2023, 18:52
-
Investitsiya dasturlari doirasida umumiy qiymati 12,7 mlrd dollarlik 12,6 mingta loyiha ishga tushirildi
27.01.2023, 18:26
-
Oilaviy tadbirkorlik uchun 12 trillion so‘m ajratiladi
26.01.2023, 15:04
-
Dehqon xo‘jaliklariga 50 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi
26.01.2023, 15:03
Fikringizni qoldiring