Konimexda paxta va g‘alladan qisqartirilgan yerlar aholiga dehqon xo‘jaligi tashkil qilish uchun ajratib berilyapti

01.12.2021, 11:09

Konimexda paxta va g‘alladan qisqartirilgan yerlar aholiga dehqon xo‘jaligi tashkil qilish uchun ajratib berilyapti

Ma’lumki, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida meva-sabzavotchilik va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama etilib, hududlarda meva-sabzavotchilik klasterlari, dehqon xo‘jaliklari va tomorqachilikni rivojlantirish, ularni moliyalashtirish, agroxizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi ta’kidlangan edi.

Shu masala yuzasidan deputatlar va mutasaddi tashkilotlar vakillari joylarda olib borilayotgan ishlarni nazorat qilishga kirishdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spiker o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari A. Xaitov Navoiy viloyatida bu borada amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan ishlarni  o‘rgandi. Partiya rahbariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. Tulegenova hamrohlik qildi.

A. Xaitov ayni shu kuni qabul qilingan Prezidentimizning “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga batafsil tushuntirib berdi. Ushbu qaror ijrosi bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi. Xususan, Konimex tumanida paxta va g‘alladan qisqartirilib, aholiga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun berilishi mo‘ljallanayotgan yer maydonlarining meleorativ holati bilan qiziqdi.

Shuningdek, Spiker o‘rinbosari Konimex tuman hokimi bilan muloqotda bo‘lib, ochiq elektron tanlovlarga ko‘rilayotgan hozirliklar va umuman bu sohaga aloqador muammolar va yechimlari haqida suhbatlashdi.

-Biz Yangi O’zbekistonni bunyod etayapmiz. Shu ma’noda, Yangi O’zbekiston asoschisining har bir rejasi amalga oshmog‘i shart. Berilgan topshiriqlar sidqidildan bajarilmasa, ezgu g‘oyalar  g‘oyaligicha qolib ketadi. Bugun har birimiz qarorlar va ularning ijrosi bo‘yicha mas’ulmiz,- deydi asli konimexlik Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. Tulegenova.

 

Muhayyo Pirnafasova,

O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    40
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+