Jizzaxlik gulchi Sharofat opa payariqlik xotin-qizlar uchun mahorat darsi tashkil qildi

01.12.2021, 11:22

Jizzaxlik gulchi Sharofat opa payariqlik xotin-qizlar uchun mahorat darsi tashkil qildi

Xushxabarning qanoti bo‘ladi, deyishadi. Ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, partiyamizning rasmiy saytida bir necha marta faoliyati keng yoritilgan “Olmachi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi bo‘yicha hokim yordamchisi, xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zosi, “Xolmo‘minov Zohid” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi hamda  Gulchi opa va tomorqa xizmati klasteri rahbari Sharofat Noriyeva boshchiligidagi Olmachiliklarning amalga oshirayotgan ishlariga butun respublikamizda qiziqish ortib bormoqda.

Mazkur obodonchilik, tomorqachilik va tadbirkorlik faoliyatida O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari ham faol ishtirok etmoqda. E’tiborlisi, xayrli tashabbusga qo‘shni Samarqand viloyati, Payariq tumani xotin-qizlari ham qo‘shilishga qaror qildilar.

Partiya “Yoshlar qanoti” guruhi faollari Payariqdan tashrif buyurgan 30 nafarga yaqin xotin-qizlarga, dugonalariga tomorqa faoliyatini rivojlantirish va gulchilik sir-asrorlari bo‘yicha o‘z tajribalarini bajonidil o‘rgatdilar. Shuningdek, tashrif davomida tadbirkor Sharofat Noriyeva tomonidan mahorat darslari o‘tildi.

Xolbek Asatov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    1209
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+