Deputat Sayxunobod tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishdi

01.12.2021, 11:24

Deputat Sayxunobod tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Komiljon Ernazarov Sayxunobod tumanida bo‘ldi.

Deputat saylovchilar bilan uchrashuvni aynan tuman tibbiyot birlashmasida boshlashining ham mantiqiy asosi bor. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrda “O’zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining ijrosini ta’minlash tibbiyot sohasiga katta mas’uliyat yukladi. Farmon yuzasidan tashkil etilgan davra suhbatida muammo va mulohazalar o‘rganib chiqildi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasida majburiy tibbiy sug‘urtalashni bosqichma-bosqich joriy etildi. Ya’ni «Majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish bo‘yicha 2019 yilgi Davlat dasturining 160-bandida aniq vazifalar belgilanib, unda 2021 yildan boshlab 2025 yilgacha majburiy tibbiy sug‘urtani bosqichma-bosqich joriy qilish ko‘zda tutilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Komiljon Ernazarov Sayxunobod tumanida bu bosqichlarning amalga oshirilishi borasida fikr bildirib, tibbiy targ‘ibot va tibbiy xizmatga bog‘liqligini ta’kidladi. Uchrashuvdan so‘ng tuman tibbiyot birlashmasida 2021-2022 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Davra suhbatida tuman tibbiyot birlashmasi rahbarlari va xodimlarining takliflari tinglandi va deputat masalalarni tegishlicha ko‘rib chiqishni aytdi.

Deputatning partiyadoshlar bilan uchrashuvi tumandagi muassasalarda davom etdi.

  O’zLiDep Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    412
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+