Qonunchilik palatasi deputati to‘rtko‘llik saylovchilar muammolarini o‘rgandi

01.12.2021, 11:26

Qonunchilik palatasi deputati to‘rtko‘llik saylovchilar muammolarini  o‘rgandi

Avval xabar berganimizdek,  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ravshan  Mamutovning o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlari To‘rtko‘l tumanida ham  davom  etdi.

Dastaval xalq noibi  tuman hokimi o‘rinbosari  O’.Matnazarov bilan birgalikda To‘rtko‘l tuman elektr ta’minoti korxonasining fuqarolar bilan ishlash faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Korxona o‘tgan yili yangi elektron tizimga o‘tgan bo‘lib, bu tizim asosida tumanda jami 40300 abonentlarning har bir soatda qancha elektr energiyasi sarflanayotgani, qaysi hududlarda muammo bo‘layotgani va uning tezkor yechimi bo‘yicha tez va aniq ma’lumot berish imkoniga ega. Bu yangi tizim orqali ishlash natijasida abonentlarda uchrab turgan ko‘pgina muammolar qisqa  muddatlarda bartaraf etilmoqda. Ammo, 200 mingdan ortiq aholi istiqomat qiluvchi tumanda fuqarolarning murojaatlarini qabul qiluvchi dispetcherlik xizmatining eskirgan tizimda faoliyat yuritilayotgani, bu bo‘limda yangi innovatsion yondashuv zarurligi bildirildi.

Xalq vakili mutasaddi rahbarlar bilan aholining tabiiy gaz yetib bormagan hududlarini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash holatini o‘rgandi. Bu yerda mas’ullar har bir oilaga yetkaziladigan gaz ballonlarining standartdan o‘tkazilish jarayonini o‘rganib chiqdilar. Shuningdek, ushbu tashkilotga tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha murojaat qilib kelgan fuqarolarninig ham muammolari o‘rganilib, nazoratga olindi. Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvi  “Oqqamish” ovul fuqarolar yig‘inida ham davom etdi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  

Kengashi  matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    423
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+