“Obod qishloq” dasturi ijrosi deputat nazoratida
01.12.2021, 11:29

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Xodjayeva saylovchilar bilan uchrashmoqda. Uchrashuv davomida O’zbekiston tumanida “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan Qumbosti mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, dastur bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Dastlab mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi to‘liq rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan 17-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rganildi.
Qayta ta’mirlash ishlari uchun jami 3,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, tashkilot binosi qayta ta’mirlangan va qo‘shimcha 2 qavatli bino qurilgan. Alohida tadbirlar zali quruvchilar tomonidan qo‘shimcha bino sifatida bitkazib berilgan. Xonalar barcha kerakli jig‘ozlar bilan ta’minlangan.
Qayta ta’mirdan so‘ng tashkilotda 2 ta qo‘shimcha guruh ochilgan. Bugungi kunda tashkilotda 235 nafar bolalar ta’lim olishmoqda.
Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari ham o‘rganildi. Buning uchun 3 mlrd 310 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
Hozirda maktabda ta’mirlash va qo‘shimcha qurilgan 2 qavatli 210 o‘rinli binoning so‘ngi pardozlash ishlari davom etmoqda.
Deputat tomonidan tegishli mutasaddilar bilan bog‘lanib rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish va maktabni dekabr oyida foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Deputat “Obod mahalla” dasturi ijrosini nazoratga oldi.
O'xshash yangiliklar
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
-
Energiya ta’minotida burilish davri boshlanmoqda
15.05.2023, 17:43
-
Xitoy tajribasi asosida alohida dastur amalga oshiriladi
12.05.2023, 10:16
Fikringizni qoldiring