O`zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollari ko‘chat ekish aksiyasida qatnashdi

01.12.2021, 11:31

O`zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollari ko‘chat ekish aksiyasida qatnashdi

Ma’lumki, xalqimiz ma’naviyatida, qadryatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud.

Masalan, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ko‘chat ekish, bog‘ yaratish kabi tadbirlar ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi.

Prezidentimizning ushbu umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslari tabiatni sevib, uning tozaligi va obodligiga befarq bo‘lmagan O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limining faol a’zolarini ham befarq qoldirmadi. 

“Yangi O’zbekistonni gullagan bo‘stonga aylantiraylik” shiori ostida “Dolzarb 40 kunlik”da ko‘chat ekish tadbiri O`zLiDeP Toshkent shahar  Kengashi binosi hududida tashkil etilib, manzarali va mevali daraxtlar ekildi. Ana shunday xayrli tashabbusda yoshlarning shijoati, birdamligini ko‘rgan partiyaning shahar Kengashi xodimlari ham faol a’zolarga yordam berishga shay turishdi.

  • Ko'rildi
    88
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+