O’zLiDeP deputati o‘ziga ajratilgan mablag‘ hisobidan 7 ta bolalar maydonchasi qurib berdi

02.12.2021, 15:39

O’zLiDeP deputati o‘ziga ajratilgan mablag‘ hisobidan 7 ta bolalar maydonchasi qurib berdi

Xabaringiz bor, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlariga hududlardagi aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish uchun 2 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratib berilgan edi. Ya’ni 60 ta deputatga jami 120 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

Shundan so‘ng poytaxtlik deputatlar aholi muammolarini o‘rganib, ushbu ajaratilgan mablag‘larni aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish yo‘lida sarflashyapti.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga O’zLiDePdan saylangan deputat Jamoliddin Meliboyev ham o‘ziga ajratilgan 2 mlrd so‘m mablag‘ni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallalar raislari, oqsoqollar, aholi vakillari bilan bamaslahatlashgan holda sarflab kelmoqda.

Deputat tashabbusi bilan ushbu ajratilgan mablag‘ hisobidan tumandagi Yalang‘och saylov okrugidagi ko‘p qavatli uylar oldida jami 7 ta bolalar maydonchasi qurib berildi. Ota-onalar farzandlari uchun yaratib berilgan ushbu sharoitdan mamnun bo‘lishdi.

  • Ko'rildi
    304
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+