Deputat ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi, ko‘chat ekish aksiyada qatnashdi
02.12.2021, 15:41

Uychi tumanidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Barno Mirzamova mahallalarda, aholi xonadonlarida bo‘lib, saylovchilar bilan dildan suhbatlashdi.
Deputatning navbatdagi uchrashuvi aholi xonadonlarida bo‘ldi. Uchrashuv avvalida deputat Prezidentimiz raisligida qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish, meva-sabzavotlik klasterlari hamda tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektorda belgilangan vazifalarni tushuntirib o‘tdi. Har bir fuqaroning o‘z tomorqasidan unumli foydalanishi va tomorqada dehqonchilikni yo‘lga qo‘yish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratilishini va bu imtiyozlardan barcha xonadon vakillari birdek foydalanish lozimligini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida Barno Mirzamova aholi xonadonlaridagi tomorqalarni ko‘zdan kechirdi, yanada samarali foydalanish borasida o‘z ko‘rsatmalarini berdi. Deputat aholining boshqa masalalardagi muammolarini ham o‘rgandi.
Deputat uchrashuvlari davomida 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan aholi xonadonlarida bo‘lib, ehtiyojmand oilalar, nogironligi bor qufarorlar holida xabar oldi. Tibbiyot xodimlarini jalb qilib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Ko‘ngli o‘ksik insonlarga sovg‘alar va mehr ulashdi.
Deputat B. Mirzamova fermer va dehqon xo‘jaligi yer maydonlarining atroflarida ko‘chat ekishda ham faol qatnashdi.
O'xshash yangiliklar
-
Davlat organlarida fuqarolik xizmatini o‘tash tartibi, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi belgilandi
09.08.2022, 15:36
-
Davlat xizmatchisi tajriba va salohiyatga qarab tanlanadi
05.08.2022, 18:19
-
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot muammolarga yechim topishning eng maqbul yo‘li
04.08.2022, 16:36
-
ShHT — do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
02.08.2022, 12:21
-
Jarqo‘rg‘onliklarning murojaati hal bo‘ldi
02.08.2022, 10:14
Fikringizni qoldiring