Deputat parlamentga kelib tushgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi

02.12.2021, 15:43

Deputat parlamentga kelib tushgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi

Samarqand viloyati 64 - Narpay saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan Vaxobjon Muratkabilov saylovchilar bilan uchrashdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish maqsadida gaz ta’minotini yaxshilash hamda muammolarni bartaraf etish yuzasidan Narpay tumani O’zbekkenti, Ravot Olchin, To‘xtabobo Roziqov mahalla faollaridan murojaat kelib tushgan edi.

Ushbu masalalarni yechimini topish maqsadida deputat tashabbusi bilan "Xududgazta’minot" AJ, tuman hokimligi vakillari, ichki ishlar xodimlari, mahalla faollari ishtirokida joylarda o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada mazkur mahallarda xonadonma-xonadon yurib tahliliy xulosa chiqarildi. Unga ko‘ra mutasaddi vazirlik va tashkilotiga deputat tomonidan tabiiy gaz tarmog‘iga ulash, shuningdek, abonentlar soni va to‘lovlar tizimini qaytadan tahlil qilib quyilgan masalalarni ijobiy hal qilish yuzasidan tegishli tashkilotlarga so‘rovlar yuborildi.

  • Ko'rildi
    65
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+