Bank tadbirkorga madadkor bo‘lyaptimi?

02.12.2021, 15:47

Bank tadbirkorga madadkor bo‘lyaptimi?

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining xalq deputatlari Pop tuman kengashidagi deputatlik guruhi Mikrokreditbank OATB filiali mutaxassisi Bobomurod Abdumalikovning hisobotini tingladi. Hisobotda ta’kidlanishicha, bankning tuman filiali tomonidan joriy yilning 1 dekabr holatiga jami 1313  fuqaroga 35 928 mln so‘m, jumladan, 549  fuqaro va yuridik shaxsga jami 16 112 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Natijada tumanda 540 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Bank tomonidan yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratilgan. Prezidentimizning 4498 sonli qaroriga asosan tumandagi 328 nafar yoshlarga jami 5 885 mln so‘m mikdorida turli yo‘nalishlar bo‘yicha imtiyozli kreditlar berilgan. Bundan foydalangan yoshlar tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yganlar.

23 nafar fuqaroga jami 2 678 mln so‘m, 10 nafar fuqaroga jami 98,5 mln so‘m miqdorida ta’lim kreditlari ajratib berilganligi ta’kidladi.

Deputatlardan Shavkat Rahmonov, Usmonjon Esonaliyev hisobotda ta’kidlangan ijobiy natijalarni e’tirof etganlari holda tumanda ishsizlikni kamaytirish, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirokrlikni, oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlashda mikrokreditbank oldida turgan vazifalar ham ko‘rsatib o‘tdilar.

  • Ko'rildi
    215
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+