Bolajonlar ko‘ngliga quvonch olib kirildi

03.12.2021, 11:45

Bolajonlar ko‘ngliga quvonch olib kirildi

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Qarshi “Muruvvat” internat uyida xayriya tadbiri o‘tkazildi. Unda O’zLiDeP faollari, harbiy qism va boshqa tashkilotlar sovg‘a-salomlari bilan bolajonlar dardini unutishga, ko‘ngliga quvonch olib kirishga muvaffaq bo‘lishdi.

- Farzand dunyoga keldimi, demak unda yashash huquqi bor, bu huquqni cheklashga hech kimning haqqi yo‘q, - deydi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi havo hujumidan mudofaa harbiy havo kuchlari qumondonligi tasarrufidagi 1329-sonli harbiy qism komandirining tarbiyaviy-mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, mayor Ma’ruf Musayev. -  Bugun - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan harbiy qismimizning zobit va askarlari tashabbusi bilan nogironligi bor o‘g‘il-qizlarimizni holidan xabar olish uchun keldik. Biz ulashgan sovg‘a-salomlar ular qalbiga ozgina bo‘lsa-da, quvonch olib kirgan bo‘lsa, bundan biz juda mamnunmiz. 

Bayram tadbirida O’zbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurti yosh orkestri jamoasi tomonidan ijro etilgan nafis va go‘zal musiqalar bolajonlar dilini yayratdi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    215
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+