O‘zLiDeP deputati ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga yangi uy qurib bermoqda

03.12.2021, 15:00

O‘zLiDeP deputati ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga yangi uy qurib bermoqda

Xalqimiz azal-azaldan bir-biriga mehribon, kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga xayr-saxovat ko‘rsatishda yelkadosh bo‘lib kelmoqda.

Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Mansurbek Mamayusupov ham ezgu va savobli ishga qo‘l urdi.

Shaxrixon tumani "Navbahor" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Arabboyev Qaxramonjon kam ta’minlangan oilalardan.  Turmush o‘rtog‘i va 5 nafar farzandlari bilan ikki xonali, eski ta’mirtalab uyda, hech qanday qulayliksiz yashab kelmoqdalar. Qo‘shimcha uy qurib, ta’mirlash uchun esa  moddiy sharoiti yo‘q.

Deputat fuqaroning uyiga borib, ularning yashash sharoitini ko‘zdan kechirdi va yordam qo‘lini cho‘zdi.

 Xalq vakili ushbu xonadon egalarini otaliqqa oldi va to‘rt xonali uy qurilishini boshlab yubordi. Qisqa fursat ichida qurib bitkazishi rejalashtirilgan yangi uyda barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, xonadan uchun gaz, elektr toki va suv bilan ta’minlanadi. Xonadon egalari deputatga o‘z minnatdorchiligini  bildirdi.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    435
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+