Kelgusi yilda 22 ta yangi massiv barpo etiladi

03.12.2021, 15:06

Kelgusi yilda 22 ta yangi massiv barpo etiladi

O’tgan besh yil davomida mamlakatimiz ulkan qurilish maydoniga aylandi. Shaharlarimiz qiyofasi yildan yilga chiroy ochib bormoqda. Xalqimiz ham bu o‘zgarishlarni ko‘rib bilib turibdi. Kelgusi besh yillikda ham ushbu o‘zgarishlar davom etadi.

Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishish marosimida kelgusida 1 milliondan ortiq aholi uchun barcha qulaylik va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lgan “Yangi O’zbekiston” massivlari bunyod etilishini aytgan edi.

Shu yil 2 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu dasturning amaliy jihatlari muhokama qilindi. O’tgan bir oyda yangi massivlar uchun shahar yoki tuman markaziga yaqin, infratuzilmaga ega joylar tanlanib, dastlabki loyihalar shakllantirildi.

Mazkur loyihalar 30 noyabr kuni davlat rahbari huzurida taqdimot qilindi.

Rejaga ko‘ra, kelgusi yilda 22 ta yangi massiv barpo etiladi.  Quruvchi tashkilotlarga yengillik berish maqsadida faqatgina ko‘p qavatli uy-joy maydonining o‘zi auksion orqali sotiladi. Tutash maydonlar esa, qurilish bitganidan keyin, uy-joy mulkdorlariga umumiy foydalanishga beriladi. Tadbirkorlik uchun yer uchastkalari elektron onlayn auksion orqali ajratiladi.

Mazkur yangi mavzelarda ko‘plab maktab, bog‘cha va tibbiyot muassasalari quriladi. Kichik sanoat zonasi, tadbirkorlik ob’ektlari tashkil etish orqali kamida 50 mingta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilyapti.

Bu kabi o‘zgarishlardan maqsad aholining bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashi, har bir fuqaro o‘z uy-joyiga ega bo‘lishi, shinam va ko‘rkam mahallarda istiqomat qilishdan iboratdir.

Ulug‘bek Ishanxodjayev,

O’zLiDeP Toshkent shahar kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    202
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+