Deputatlar xalq ta’limi bo‘limi mudirining hisobotini eshitdilar

03.12.2021, 15:54

Deputatlar xalq ta’limi bo‘limi mudirining hisobotini  eshitdilar

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik  guruhining navbatdagi yig‘ilishida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 yanvardagi “Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi   qarori, 2020 yil 6 noyabrdagi «O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash borasida  amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Durbek Nosirovning hisoboti eshitildi.

Mutasaddi o‘z axborotida ta’kidlab o‘tganidek, bugungi kunda tumanda jami 59 ta ta’lim muassasalari va 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyat ko‘rsatadi. Tumanda jami 3510  nafar pedagoglarning 3321 nafarini oliy ma’lumotli o‘qituvchilar tashkil qilmoqda. Maktablar 11 yillik ta’limga o‘tishi natijasida o‘quvchilar soni 2017 yildagi 32630 nafardan  2021 yilda 39262 nafarga oshdi. Pedagoglar soni 2017 yilda 2810 nafardan 2021 yilda 3510 nafarga ko‘paydi. Ta’lim sifatini oshirishda eng asosiysi pedagog kadrlar sifat tarkibi ham yuqori suratlarda o‘sishi kuzatildi. Jumladan, oliy toifali o‘qituvchilar soni 2017 yilda 81 nafardan  2021 yilda 288 nafarga, birinchi toifali o‘qituvchilar soni 2017 yilda 295 nafardan 2021 yilda 721 nafarga  ko‘paygan.

2017-2021 yillarda Davlat dasturlari hamda homiylik mablag‘lari doirasida jami 8 ta maktablarda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Umumta’lim maktablaridagi informatika xonalarini zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash 2017 yilda 9 tadan 2021 yil 45 taga yoki 76 foizga yetkazildi.

 Joriy yilda 17-sonli informatika va axborot texnologiyalari fanlari hamda 60-sonli xorijiy tillarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari tashkil etildi.

Barcha maktablarda 2021-2022 o‘quv yilining 1-choragidan boshlab “kundalik.com”  elektron jurnal yuritish tizimi to‘liq joriy etildi.

Ana shunday chora-tadbirlar natijasida yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi uch yil oldingi 11 foizdan 2012 yilda 29.6 foizga ko‘tarildi. Bu ko‘rsatkichni 40 foizga yetkazishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yilgan.

 Yig‘ilish davomida mutasaddining axboroti deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, qoniqarli deb qabul qilindi. Shu bilan birga, yuqoridagi qaror va farmonlar ijrosi, umuman ta’lim maskanlarida faoliyati, ahvoli hamda muammolarini bartaraf etishni deputatlik guruhining doimiy nazoratiga olib, tanqidiy tahlil qilib borishga kelishib olindi.

Meliqo‘zi Omonliqov,

O’zLiDeP Sharof Rashidov tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    280
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+