“Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” dasturiga jizzaxlik yoshlar tomonidan 10 dan ortiq taklif bildirildi

03.12.2021, 15:56

“Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” dasturiga jizzaxlik yoshlar tomonidan 10 dan ortiq taklif bildirildi

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limida “Yangi O’zbekistonni barpo etishda yoshlarning o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Shuningdek, tadbirda xalq deputatlari  Jizzax shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya viloyat, shahar Kengashi xodimlari va “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari ishtirok etishdi.

Ma’lumki, Prezidentimizning Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida  so‘zlagan  nutqida yetti yo‘nalishdan iborat  “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” Dasturi belgilab berildi. Mazkur strategiya erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan, keng ko‘lamli islohotlarni yangi pog‘onaga ko‘tarishga qaratilgan.

Bu borada millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning, butun xalqimizning farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan “Yangi O’zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” g‘oyasini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilishi ta’minlangan.

Belgilangan vazifalar ichida yoshlarga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan,  mahallalarda yoshlar masalalari bilan muntazam shug‘ullanadigan Yoshlar ishlari agentligining vakili ham bo‘ladi.

Tadbir davomida Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan  “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” Dasturiga yoshlar tomonidan 10 dan ortiq takliflar bildirildi.

Xolbek Asatov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    99
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+