Hududlarda budjet shaffofligi qanday ta’minlanmoqda?

03.12.2021, 15:59

Hududlarda budjet shaffofligi qanday ta’minlanmoqda?

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishi bo‘ldi. Yig‘ilishda tuman moliya bo‘limi mudirining birinchi o‘rinbosari No‘‘monjon Tojiboyev hisobot berdi. Ta’kidlandiki, tuman mahalliy budjetining 2021 yil 3-choragi uchun belgilangan daromadlar rejasi 107,5 foizga yoki 1 119,3 mln so‘m ortig‘i bilan bajarishga erishilgan.

Shakllangan qo‘shimcha mablag‘larning 30 foizi, ya’ni 335 800,0 ming so‘mi tuman “Fuqarolar tashabbusi”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalariga  yo‘naltirilgan.

Hisobotda shuningdek, budjet mablag‘larining xarajatlar qismiga ham e’tibor qaratildi. Tuman mahalliy budjetining xarajatlari joriy yil 3-chorak rejasi bo‘yicha 131 674,0 mln.so‘m qilib belgilangan bo‘lib, ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga 106 420,0 mln.so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan.

Deputatlar tumanda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 avgustdagi “Budjet ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2021 yil 13 apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosiga ham e’tiborni qaratdilar.

Deputatlar budjet oshkoraligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan ham foydalanish, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va manzilli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Eldorbek Jo‘rayev,

O’zLiDeP Namangan viloyat kengashi

Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    49
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+