Denovda Yangi O’zbekiston bog‘i barpo etilmoqda

03.12.2021, 16:04

Denovda Yangi O’zbekiston bog‘i barpo etilmoqda

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Aktam Xaitov Denov tumanida bo‘lib, tumandagi xalq ta’limi xodimlari bilan uchrashdi.

Samimiy o‘tgan uchrashuvda mazkur soha xodimlariga davlatimiz rahbari tomonidan yaratilayotgan qulayliklar haqida to‘xtalib o‘tdi. Albatta, bu islohtlar kelgusi besh yillikda ham davom etishi, umuman, O’zbekistonning kelgusi besh yil davomida yuradigan yo‘li, strategiyasi aniq ekanligi haqida ta’kidladi. Bu haqida Sh.Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobida batafsil qayd etilgan. Ushbu kitob barcha maktablarda bo‘lishi, o‘qituvchilar uni o‘qib, kelajak avlod vakillariga so‘zlab berishi lozimligi aytildi.

Shundan so‘ng, A.Xaitov tumandagi umumta’lim maktablari kutubxonasiga “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobini topshirdi.

Spiker o‘rinbosari tumandagi Sobir Raximov SIU “O’zbekiston” mahallasi hududidagi 500 gektar joyda “Yashil makon” loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi bog‘da ham bo‘lib, u yerda ekilayotgan ko‘plab mevali hamda manzarali ko‘chat ekish ishlari bilan tanishdi. Prezidentimizning tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur loyiha saylovoldi dasturida ham ko‘zda tutilgani, unga ko‘ra har yili xonadon, ko‘cha, mahalla, qishloq va shaharlarda 200 million tup iqlimimizga mos daraxt ko‘chatlari ekilishi nazarda tutilgani haqida aytib o‘tdi.

A.Xaitov partiyaning hududiy vakillari bilan birgalikda tumanda “Yangi O’zbekiston bog‘i” namunasi asosida tashkil etilayotgan ushbu bog‘ga mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    159
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+