O‘zbekiston faol tadbirkorlari Murojaatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirda izboskanlik tadbirkor “bosim”dan xalos bo‘ldi
23.02.2018, 12:14

Yaqinda poytaxtimizda O‘zLiDeP tashabbusi bilan “O‘zbekiston faol tadbirkorlari” anjumani bo‘lib o‘tgan edi. Ayni chog‘da joylarda anjumanda qabul qilingan Murojaat mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan Izboskan tumanida bo‘lib o‘tgan tadbir ham ana shu maqsadga xizmat qildi. Tadbirda O‘zbekiston faol tadbirkorlarining Murojaati va “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Tadbir davomida elektoratimiz vakillari o‘zlarini qiynayotgan muammolarni o‘rtaga tashlashdi.
– Korxonamiz Briket mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, – deydi “Nurislombek great stile” MChJ rahbari Ismoil Abdurashidov. – Ayni chog‘da faoliyatimni kengaytirish uchun 30 sotix hamda issiqxona qurish uchun 70 sotix yer ajratilishi masalasida harakat qilayotgan edim. Bugungi tadbirda muammoim hal bo‘ldi. Menga tuman hokimligi zaxirasida turgan 1 gektar yer ajratildi.
– To‘rtko‘l paxta qabul qilish punktining bo‘sh turgan 20 sotix yer maydoni tuman hokimi tomonidan tadbirkorligimni kengaytirishim uchun ajratilganiga ko‘p vaqt bo‘ldi, – deydi tadbirda ishtirok etgan yana bir tadbirkor G‘ofurjon Sultonov. – Biroq zavod rahbari Jasur Qo‘shaqovning “bosimi” tufayli hanuzgacha faoliyatimni yo‘lga qo‘ya olmayotgan edim. Bugungi tadbirda mutasaddilar muammoimni o‘rganib, yaqin kunlarda hal qilib berishlarini ma’lum qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston faol tadbirkorlari anjumani mazmun-mohiyati va ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan tadbirlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.
Dilmurod SULTONOV,
O‘zLiDeP Andijon viloyat
Kengashi xodimi
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida hal etildi
01.02.2023, 18:53
-
Deputatlik eshituvi: Gurlanda investitsiya loyihalarning bajarilishi muhokama etildi
26.12.2022, 18:17
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
31.10.2022, 12:17
-
Uchqo‘rg‘onlik mohir tadbirkor
23.09.2022, 16:15
-
Tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi
20.09.2022, 16:06
Fikringizni qoldiring