Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

07.12.2021, 15:16

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida Namangan shahridagi 1-sonli DIMI, 4-sonli IDUM va 15-sonli umumiy ta’lim maktablarida ma’nviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirlarda Bosh Qomusimizni qabul qilinishi tarixi, mazmun-mohiyati o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari tarzida hamda sinflar tomonidan tayyorlangan devoriy gazetalarda keng yoritib berildi. Iste’dodli yoshlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi.

Tanlov yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar deputatlarning maxsus sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

  • Ko'rildi
    1240
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+